Jahongir Otajonov - O'n sakkiz yoshindadur qo'shiq matni, lyrics

Jahongir Otajonov

O’n sakkiz yoshindadur

O‘n sakiz ming olam, olam, olam, olam
Oshubi agar boshindadur,
Ne ajab, ajab, ajab chun sarvinoz-nozim
O‘n sakiz yoshindadur.

Desa bo‘lg‘aykim, yana, yana, yana, yana
Ham o‘n sakiz yil husni bor,
O‘n sakiz yoshinda, o‘n sakiz yoshinda,
Buncha fitnakim boshindadur.

O‘n sakiz, o‘n sakiz yoshinda, yoshindadur,
Buncha fitna boshindadur.
Fitna, fitna, fitnadur, balo, balo, balolar
Qaro ko‘z-u qoshindadur. (x2)

Desa bo‘lg‘aykim, yana o‘n sakiz yil husni bor,
O‘n sakiz yoshinda buncha fitnakim boshindadur.
O‘n sakiz yil dema, dema, dema, dema
Yuz sakson yil o‘lsa uldurur –
Husn shohi, husn shohi, ul balo, balo, balolar
Qaro ko‘z-u qoshindadur.

O‘n sakiz, o‘n sakiz yoshinda, yoshindadur,
Buncha fitna boshindadur.
Fitna, fitna, fitnadur, balo, balo, balolar
Qaro ko‘z-u qoshindadur. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
O’n sakkiz yoshindadur
Xonanda:
Jahongir Otajonov
Muallif:
Alisher Navoiy
Bastakor:
Jahongir Otajonov
Klipmeyker:
Najot Agzamov
Albom:
Yubordi:
Sana:
December 11, 2021