Jaloliddin Ahmadaliyev - Meni yo'qlab kelgan emishsan qo'shiq matni, lyrics

Jaloliddin Ahmadaliyev

Meni yo’qlab kelgan emishsan

Yo`llarimni ayro qilib,
Muhabbatim arzon bilib,
Endi menga yuzing burib,
Meni yo`qlab kelgan emishsan, yor.

Yuragimga ozor bo`lib,
Yo`llarimga zor-zor bo`lib,
Hayotingdan bezor bo`lib,
Meni yo`qlab kelgan emishsan, yor.

Tugab bo`lgan ertagim,
O`zgalarga ermagim,
G`ururi yo`q tentagim,
Meni yo`qlab kelgan emishsan, yor. {x2}

Ketgan eding kulib-kulib,
Yuragingdan yulib-yulib,
Ko`zing yoshga to`lib-to`lib,
Meni yo`qlab kelgan emishsan, yor.

Dunyo shartiga ko`nib bo`lganda,
Umid gulim so`lib bo`lganda,
Devor kabi nurab bo`lganda
Meni yo`qlab kelgan emishsan, yor.

Tugab bo`lgan ertagim,
O`zgalarga ermagim,
G`ururi yo`q tentagim,
Meni yo`qlab kelgan emishsan, yor. {x2}

Tugab bo`lgan ertagim,
O`zgalarga ermagim,
G`ururi yo`q tentagim,
Meni yo`qlab kelgan emishsan, yor. (x2)

Meni yo`qlab kelgan emishsan, yor…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Meni yo’qlab kelgan emishsan
Xonanda:
Jaloliddin Ahmadaliyev
Muallif:
Botir Ali
Bastakor:
Jaloliddin Ahmadaliyev
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
December 11, 2021