O’n sakkizga to’lmaganding, sadafgina,
Bolalikka to’ymaganding, sadafgina. (x2)
Ota-onang havasiga ko’nding nega?
Sevaman deb qo’ymaganding, sadafginam.

Meni bundan, seni undan zor etdilar,
Baxtlar tilab, ahdimizni xor etdilar.
Qadah to’ldi tilaklarga biz sig’madik,
Ostonangda to tonggacha yor-yor aytdilar.

Endi yig’i nam qilmasin kipriklarni,
Ortga yo’l yo’q, sindir sadaf ko’priklarni. (x2)
Hech bo’lmasa armonlaring menga tegsin,
Yor qilayin egasi yo’q yuraklarni.

Uyg’on sadaf, boshing ko’tar bolishingdan,
Tong otmaydi yig’layversang nolishingdan.
Hech bo’lmasa quyoshga sen salomlar qil,
Onam bo’lib o’psin sadaf u qoshingdan.

Bir kun kelib men ham balki baxt toparman,
Siniq ko’ngil bog’idan bir taft toparman.
Quvonchlari yetim qilgan sadaf uchun
O’zga yorning yuragidan sadaf toparman.

O’n sakkizga to’lmagandi, sadafgina,
Bolalikka to’ymagandi, sadafgina.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Sadafgina
Xonanda:
Jamshid Davlatov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 19, 2015