Alvido bevafo, xiyonating xato,
Keyin afsus, afsus qilganing befoyda. (x2)

Yolg`izlik qiynar meni,
Yuragimga azoblaring berding, bevafo.
Sensizlik qiynar meni,
Xiyonatingni o`ylab, men bo`ldimku ado.

Xayollar qiynar meni,
O`ylamading bizning sevgimizni hatto.
Yolg`izman endi, jonim,
Orzu qilib vaslingni, men tunlari tanho.

Sen jonimga berdingku azob,
Dardimga darmonim – sharob,
Ahvolim bilmaysan hatto.
Hey, ko`chada yurdim tentirab,
O`zimga baxt izlab, qarab,
Samodan qaytishing so`rab.

Alvido bevafo, xiyonating xato,
Keyin afsus, afsus qilganing befoyda. (x2)

Keltirdi menga shamol
Uzoqlardan biz uchrashgan tunning havosin.
Bulutlar aro kezgan
Orzularim, tilaklarim men bilan qolsin.

Bo`ldim men sendan judo,
Mehringa zor bu qalbimga berding sen ozor.
Sevgimni qilding uvol,
Senga aytadigan so`zim faqat “alvido”.

Sen jonimga berdingku azob,
Dardimga darmonim – sharob,
Ahvolim bilmaysan hatto.
Hey, ko`chada yurdim tentirab,
O`zimga baxt izlab, qarab,
Samodan qaytishing so`rab.

Alvido bevafo, xiyonating xato,
Keyin afsus, afsus qilganing befoyda. (x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Alvido
Xonanda:
Janob Rasul
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
January 19, 2018