[Janob Rasul]
Mening dardim bilan
Sening qalbing bitta.
Qiynar hijron sog`inchi,
Ko`ngilda alam ovunchi.
Zulmatda qoldiku yurak,
Sensiz bu hayot ne kerak?
Gapir, kimsan jonim,
Tushmi yoki ertak?
[Hamdam Sobirov]
Tshh, jim, jim, jim, jim…
Dema-dema, xo`p dema,
Gapim yolg`on dema.
Nahot bu xiyonatingdan
Sindi ko`ngil.
Cheki-chekinaman, afsus qildim xato,
Bora-bora bo`lardi eng yomon jazo.
Chegara bor, chegara yo`q,
Tushunarsiz masofalar,
O`rtada sarson yurak.
Bilmaysan, ko`rmaysan,
Sezmaysan nega, ayt?
[Janob Rasul]
Arzimaysan jonim,
Ko`ngilda sevgi azobi.
Yig`lab ko`ngling ovutma,
Afsuslanma.
Arzimaysan jonim,
Qolmadi senga savolim.
Dardim tinglab, azizam,
Afsuslanma.
Nafratdaman o`zimdan ham yomon,
Ko`zlarim seni izlaydi hamon.
Vaqtimiz bir zum ortga qaytsa,
Bo`lmasdi xato.
Yashayman suratingga qarab,
O`tadi yillar soniya sanab.
Taqdir zarbasidan bo`laman
Devona Mashrab.
[Hamdam Sobirov]
Tshh, jim, jim, jim, jim…
Dema-dema, xo`p dema,
Gapim yolg`on dema.
Nahot bu xiyonatingdan
Sindi ko`ngil.
Cheki-chekinaman, afsus qildim xato,
Bora-bora bo`lardi eng yomon jazo.
Chegara bor, chegara yo`q,
Tushunarsiz masofalar,
O`rtada sarson yurak.
Bilmaysan, ko`rmaysan,
Sezmaysan nega, ayt?
[Janob Rasul]
Arzimaysan jonim,
Ko`ngilda sevgi azobi.
Yig`lab ko`ngling ovutma,
Afsuslanma.
Arzimaysan jonim,
Qolmadi senga savolim.
Dardim tinglab, azizam,
Afsuslanma. (x2)
Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.