Rizqi-ro`z ishqida bir joni halak,
Mag`ribu-mashriqni kezar jonsarak.
Oila sha’nini tutib turguvchi,
Tosh o`tmas qo`rg`oni bo`larkan erkak.
Umidi uzilsa qoshi-hiloldan,
Mehr ko`rmasa gar sohibjamoldan,
Xudo nasib etmasa jufti-haloldan,
Sarg`ayib-sarg`ayib so`narkan erkak. {x2}
Yuragi qonini tuproqqa qorib,
Imorat solarkan yog`ochlar yorib.
Uzun kechalarda Haqqa yolvorib,
Farzandiga iqbol tilarkan erkak. {x2}
Umr o`tar, kelar turnalar qaytib,
Eski dardlar qalbin tirnalar qaytib,
Ayoli dardini yig`lasa aytib,
Zor yig`lab, yolg`ondan kularkan erkak. {x2}
Umr o`taverar bag`rini o`yib,
Musibat qiynaydi, bepichoq so`yib.
Ayolin ko`ksiga boshini qo`yib,
Goho tik oyoqda o`larkan erkak. {x2}
Rizqi-ro`z ishqida bir joni halak,
Mag`ribu-mashriqni kezar jonsarak.
Oila sha’nini tutib turguvchi,
Tosh o`tmas qo`rg`oni bo`larkan erkak. {x2}
Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- October 18, 2017