Gap to`g`rimas,
Sanga o`zi kim yomonlik qiladi?
Agar to`g`ri yursang,
Kuydurma-da hammani, o`g`ri bo`lib,
O`zingga insof so`ra!
Mayli, mani do`st dema,
Lekin o`zing uchun bil dur, harakat qil.
Hov bola, ko`chada hamma hurmat qiladi,
Bu yo`ldan qayt, halol bo`l.
O`g`ri dema, men yaxshilik ko`rmadim,
Nafsi buzuq insonlarni jazoladim.
O`g`ri dema, men yaxshilik ko`rmadim,
Azob chekdim, lek nomardlik qilmadim.
Ko`ksingni xiyonat sanchib ketmasa,
Do`stlaring it kabi g`ajib ketmasa,
Boshing g`avg`olardan achib ketmasa,
Yigitga ne kerak yana, gapir?
Sevganing boshqaga ko`zin suzmasa,
Ortingdan makkora reja tuzmasa,
Kimdir hayotingni kelib buzmasa,
Yana nima kerak sanga, gapir?
Jigarlaring aslida bilgin kim taraf,
Erkakni sindirar mayda, mayda-chuyda gap.
Yaqinlaring ochganda oqibatdan gap,
Sanga o`zi nima kerak, gapir?
O`g`ri dema, men yaxshilik ko`rmadim,
Nafsi buzuq insonlarni jazoladim.
O`g`ri dema, men yaxshilik ko`rmadim,
Azob chekdim, lek nomardlik qilmadim.
Inson goh adashib, xato qiladi,
Adashmoqlik jazosin yaxshi biladi.
Xayolga kelmagan ishlar bo`ladi,
Qo`lingdan suv ichib odam bo`lganlar,
Kunlar kelib o`zingga dushman bo`ladi.
O`g`ri, o`g`ri dema, men yaxshilik ko`rmadim,
Nafsi buzuq insonlarni jazoladim.
O`g`ri dema, men yaxshilik ko`rmadim,
Azob chekdim, lek nomardlik qilmadim.
Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- October 6, 2017