Qiyosi yo`q uning, mehri bir daryo,
O`xshasa o`ziga o`xshaydi o`zbek.
Boshqa millatlarni bilmadim, ammo
Dunyoda bolam deb yashaydi o`zbek!
O`nta bo`lsa, o`rni boshqa uningchun,
O`g`lim – otashimdan yaralgan uchqun,
Qizim parilardan chehrasi gulgun,
Qoshlari qalam, deb yashaydi o`zbek!
Bir qo`lda belanchak, bir qo`lda Qur’on,
Bir yelkada ketmon, birida iymon.
Barchaga barobar oftobsimon,
Yashnasin olam deb yashaydi o`zbek!
O`zbek, o`zbek,
Dunyo tan oldi seni, buyuk millat.
O`zbek, o`zbek,
Dunyo durdonasi, go`zal Vatanim.
Bobolari qaysi yigitlardan kam,
Momolari xushro`y yuzdan oshsa ham.
Zurriyodlari bo`lsa bitta uyga jam,
To`shak yetmay, to`nin to`shaydi o`zbek!
Ehtirom etganda ehromlari bor,
Kekkayganga bo`yin egmaydi zinhor.
Beshik to`la jajji islomlari bor,
Tosh o`tmas qo`rg`onga o`xshaydi o`zbek!
Qiyosin topdingmi, aytgin Muhammad?
O`xshasa o`ziga o`xshaydi o`zbek.
Yomon qo`shiq aytsang ham, betingdan o`pib,
Kam bo`lma, bolam, deb yashaydi o`zbek!
O`zbek, o`zbek,
Dunyo tan oldi seni, buyuk millat.
O`zbek, o`zbek,
Dunyo durdonasi, go`zal Vatanim.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- February 25, 2017