Jasurbek Mavlonov - Opa-singillarim qo'shiq matni, lyrics

Jasurbek Mavlonov

Opa-singillarim

Qordek oppoq ko`ngillarim,
Bog`imda rayhon gullarim,
Baxtimga yaxshiyam siz bor,
Aziz opa-singillarim. (x2)

Azizlarim, suyganlarim,
Dildan mehr qo`yganlarim,
Birga davron surganlarim,
Aziz opa-singillarim.

Siz borsizki, bag`rim butun,
Bo`lmagayman g`amga tutqin,
Shukur qilay siz bor uchun,
Aziz opa-singillarim.

Qordek oppoq ko`ngillarim,
Bog`imda rayhon gullarim,
Baxtimga yaxshiyam siz bor,
Aziz opa-singillarim.

Biringiz ko`z, biringiz qosh,
Sal qoqilsam, menga sirfosh,
Ko`ksimdagi botmas quyosh,
Aziz opa-singillarim. (x2)

Yuribmanda ko`ksim kerib,
Yulduzni benarvon urib,
Yuringlarey mingga kirib,
Aziz opa-singillarim.

Sizlar mening keragimsiz,
Hayotdagi tirgagimsiz,
Urib turgan yuragimsiz,
Aziz opa-singillarim.

Baxtimga siz omon bo`ling,
G`amlar ko`rmang, shodon yuring,
Farzandlarning baxtin ko`ring,
Aziz opa-singillarim.

Jiyanlarim baxtin ko`ring,
Aziz opa-singillarim.

Qordek oppoq ko`ngillarim,
Bog`imda rayhon gullarim,
Xafa bo`lmang yo`qlolmasam,
Aziz opa-singillarim.

Qordek oppoq ko`ngillarim,
Bog`imda rayhon gullarim,
Ranjimang siz yo`qlolmasam,
Aziz opa-singillarim.

Xafa bo`lmang yo`qlolmasam,
Aziz opa-singillarim.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Opa-singillarim
Xonanda:
Jasurbek Mavlonov
Muallif:
Alisher Nishon
Bastakor:
Fazliddin Rahmonov
Klipmeyker:
Xurshid Sobirov
Albom:
Yubordi:
Sana:
May 9, 2021