Jasurbek Rahimov - Otamning davrida qo'shiq matni, lyrics

Jasurbek Rahimov

Otamning davrida

O`ynab-kulib yuribman-ey otamning davrida,
Davrim surib yuribman-ey otamning davrida.
O`ynab-kulib yuribman-ey otamning davrida,
Davrim surib yuribman-ey otajonim davrida.

Baland qasrlar qurib, markabimni yeldirib,
Baland qasrlar qurib, markabimni yeldirib,
Yuribman dunyo ko`rib otamning davrida,
Yuribman dunyo kezib otajonim davrida.

Yashayabman shod bo`lib, g`am-anduhlar yot bo`lib,
Baxti kulgan bek bo`lib-ey otamning davrida.
Soyday serviqor bo`ldim, tog`day purviqor bo`ldim,
Saxiy tadbirkor bo`ldim-ey otamning davrida.

Tog`day purviqor bo`ldim, soyday serviqor bo`ldim,
Saxiy tadbirkor bo`ldim-ey otamning davrida.
O`ynab-kulib yuribman-ey otamning davrida,
Davrim surib yuribman-ey otajonim davrida.

Qo`shiq qildim, kuy qildim, davlat berdi uy qildim,
Elni chorlab to`y qildim-ey otamning davrida. (x2)
Davron keldi, ozod yurt, har yon go`zal, obod yurt,
Bo`lsin bizga qanot yurt, otamning davrida. (x2)

O`ynab-kulib yuribman-ey otamning davrida,
Davrim surib yuribman-ey otajonim davrida.

Baland qasrlar qurib, markabimni yeldirib,
Baland qasrlar qurib, markabimni yeldirib,
Yuribman dunyo ko`rib otamning davrida,
Yuribman dunyo kezib otajonim davrida.

Otajonim, jon-jahonim, madadkorim davrida!

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Otamning davrida
Xonanda:
Jasurbek Rahimov
Muallif:
Doniyor Mirzo
Bastakor:
Ahliyor Azimov
Klipmeyker:
Shuhrat Mavlonov
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 28, 2021