Javohir Sodiqov - Mana qara keldi

Javohir Sodiqov

Mana qara keldi

Ko’zga ko’z yosh olarding,
Yuragingni tirnarding,
Sog’inib sevgingni,
Yo’qotding kulgingni.

Yolg’izlanib qolganding,
Azoblanib yurganding,
Sog’inib sevgingni,
Qiynab o’z-o’zingni.

Mana qara, keldi u yoningga,
Sevgisini izhor qilib senga.
Baxtdan yoshlar to’ldi ko’zlaringga,
Quvonchlaring sig’mas yuragingga. (x2)

Mana endi kutganing,
Chin yurakdan sevganing,
Ko’z yoshlaring artar,
Sog’inganin aytar.

Endi sira ketmas u,
Seni hech tark etmas u,
Hayoting yashnatar,
Seni baxtga eltar.

Mana qara, keldi u yoningga,
Sevgisini izhor qilib senga.
Baxtdan yoshlar to’ldi ko’zlaringga,
Quvonchlaring sig’mas yuragingga. (x2+x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Mana qara keldi
Xonanda:
Javohir Sodiqov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 27, 2016