(Yorim ketaman deydi,
Ketgizgani qo’ymayman.
Yo’llariga chim bosib, dod,
O’tkizgani qo’ymayman-ey.)
Charchab ketdim baridan,
Qaynopam zahridan. (x2)
Chaqishda o’tar aridan,
Bo’ldi, endi ketaman. (x2)
(O’zi ketar yor-yor,
O’zi kelar yor-yor. (x4))
Hamma ishlar bo’ynimda,
Jiyanlari qo’ynimda. (x2)
Qaynsinglimdan to’ydim-da,
Bo’ldi, endi ketaman. (x2)
Aytganim aytganday bo’lsin,
Ro’zg’orim kami to’lsin. (x2)
Alohida yashayman,
Ovsinlarim bir ko’rsin. (x2)
Yorim ikki o’rtada,
Qaynopam to’rtta-da.
Yorim ikki o’rtada,
Qaynopalarim to’rtta-da.
Janjal qilar jo’rttaga,
Bo’ldi, endi ketaman. (x2)
Aytganim aytganday bo’lsin,
Ro’zg’orim kami to’lsin. (x2)
Alohida yashayman,
Ovsinlarim bir ko’rsin. (x2)
(O’zi ketar yor-yor,
O’zi kelar yor-yor. (x4))
Man ketsam arslonimni
Qovog’idan qor yog’ar,
Tomorqani kim chopib,
Sigirlarni kim sog’ar?
Man ketsam arslonimni-yey
Qovog’idan qor yog’ar,
Tandirlardan kim non yopib,
Sigirlarni kim sog’ar?
Qaynotamga aytib berib,
Hammasin haydataman.
Bir umr xizmatlarida,
Atrofida aylanaman. (x2)
Aytganim aytganday bo’lsin,
Ro’zg’orim kami to’lsin. (x2)
Alohida yashayman-o,
Ovsinlarim bir ko’rsin. (x2)
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- April 27, 2015