(U yoniga tashlab o‘yna…
Bu yoniga tashlab o‘yna…
Sumbul sochi jingalak,
Yonboshga tashlab o‘yna.)
Mani yorim Qo‘qonda,
Panjarali do‘konda. (x2)
Hali kelsa ko‘rasiz-ey,
Qosh-qovog‘i muqomda. (x2)
Gul bargi shona-shona,
Qo‘limda angishvona, (x2)
Angishvona demanglar-ey,
Sevgan yordan nishona. (x2)
U yoniga tashlab o‘yna,
Bu yoniga tashlab o‘yna, (x2)
Sumbul sochi jingalak,
Yonboshga tashlab o‘yna. (x2)
Olma bersam olmaysan,
Behi bersam yemaysan, (x2)
Qaysi boyning o‘g‘lisan-ey,
Aytgizvorsam kelmaysan? (x2)
Doirangning qasqoni,
Ipi bormi osgani, (x2)
Yoshligingda o‘ynab ol,
Yoring bormi to‘sgani? (x2)
U yoniga tashlab o‘yna,
Bu yoniga tashlab o‘yna, (x2)
Sumbul sochi jingalak,
Yonboshga tashlab o‘yna. (x2)
Mani yorim Qo‘qonda,
Panjarali do‘konda. (x2)
Hali kelsa ko‘rasiz-ey,
Qosh-qovog‘i muqomda. (x2)
U yoniga tashlab o‘yna,
Bu yoniga tashlab o‘yna, (x2)
Sumbul sochi jingalak,
Yonboshga tashlab o‘yna. (x2)
U yoniga tashlab o‘yna,
Bu yoniga tashlab o‘yna, (x2)
Sumbul sochi jingalak,
Yonboshga tashlab o‘yna. (x2)
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- April 25, 2015