Qiynaladi oftobni kutib,
Yomg’irlardan charchagan shahar.
Uxlab qolding yig’lab, qon yutib,
Ko’ringanda ufqda sahar.

Men taqdirdan hech nolimayman,
Gar almashdi shomga tongimni.
Olib keldi bu oqshom bilan
Uzoqlarda qolgan jonimni. (x2)

Yomg’ir yog’di mayda-maydalab,
Mayda-mayda bo’ldi yuragim.
Tong otguncha qayta-qaytalab,
Sevasanmi deya so’radim. (x2)

Sen hech narsa qilmading talab,
Ming o’rgilding qoshu ko’zimdan.
Sening qora sochlaring silab,
Shu tun kechdim hatto o’zimdan.

Qiynaladi oftobni kutib,
Yomg’irlardan charchagan shahar.
Sen ketasan qayga qon yutib?
Meni qayga boshlaydi sahar? (x2)

Yomg’ir yog’di mayda-maydalab,
Mayda-mayda bo’ldi yuragim.
Tong otguncha qayta-qaytalab,
Sevasanmi deya so’radim. (x8)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yomg’ir
Xonanda:
Kumush Razzoqova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
November 17, 2014