Qorong`u sokin tun,
Daqiqa soatdan uzun.
Ayrildik uchrashmay,
Bir-birimizni hatto ko`rmay.
Endi orzularimiz bo`ldi yakson,
Yer yuzida qolmadi mendanda baxtsizroq inson.
Bilmasdim taqdir ekanin beshafqat,
Berganida do`stim maslahat.
Do`stim, bir bora sms yubora,
Balki javobi ertami-kech qaytib qolar.
Go`zal Nigora yoki-da Anora,
Balki senga ham bir kun omad boqib qolar.
Qaydasan endi jon,
Yurak talpinar sen tomon.
Yozgan smslaring
Dardimga ozgina darmon.
Ularni o`chirib tashlash-ku qiyinmas,
Lekin bu bilan o`chib ketmas yurakda muhabbat.
Bilgin, yigitlar sevgisi o`yinmas,
Qaydan ham, do`stim, berganding maslahat.
Do`stim, bir bora sms yubora,
Balki javobi ertami-kech qaytib qolar.
Go`zal Nigora yoki-da Anora,
Balki senga ham bir kun omad boqib qolar.
Tongda uyqim o`chdi,
Telefonimga ko`zim tushdi.
Qarasam sms, o`qisam:
– “Не переживай”, jonim, “я здесь”!
Keyin bilsam, o`chib qolgan ekan telefoni,
Manga sms yozishga yo`q ekan uning imkoni.
Bildim, bor ekan bu dunyoda muhabbat,
Shuning uchun “Kvartet” beradi maslahat:
Do`stim, bir bora sms yubora,
Balki javobi ertami-kech qaytib qolar.
Go`zal Nigora yoki-da Anora,
Balki senga ham bir kun omad boqib qolar. (x2)
Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- December 4, 2016