Laylo Aliyeva - Mayli-mayli qo'shiq matni, lyrics

Laylo Alieva

Mayli-mayli

Ketding, o`zga joylarga ketding,
Men seni esga olmasman.
Ketding, balki o`z yo`ling topding,
Bundan hech xafa bo`lmasman.
Har kimning hayotda taqdiri o`zga.

Mayli-mayli, yo`llarimiz boshqa-boshqadir,
Mayli-mayli, o`z yo`ling izla.
Mayli-mayli, dillarimiz boshqa-boshqadir,
Mayli-mayli, o`z yoring izla,
O`z baxting izla.

Dunyo, men uchun sirli dunyo,
Baxtimni o`zim toparman.
Quyosh – sensiz ham o`sha quyosh,
Xudodan baxtim so`rarman.
Har kimning hayotda taqdiri o`zga.

Mayli-mayli, yo`llarimiz boshqa-boshqadir,
Mayli-mayli, o`z yo`ling izla.
Mayli-mayli, dillarimiz boshqa-boshqadir,
Mayli-mayli, o`z yoring izla,
O`z baxting izla. (x1+x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Mayli-mayli
Xonanda:
Laylo Alieva
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 7, 2021