Laylo Aliyeva - O'zbekiston qo'shiq matni, lyrics

Laylo Alieva

O’zbekiston

Jannatning havosi bor bog`laringda,
Tiriklik sadosi bor tog`laringda.
Istiqlol navosidan obod dilim,
Mustaqilsan mening ozod elim.

Sevinchlarim bugun osmon-osmon,
Keldi yurtim baxti kulgan zamon.
Noming keng olamga bo`ldi doston,
Kohna va navqiron – O`zbekiston!

G`ururga, baxtga joy tor yuragimda,
Tinchlik va ezgulik bor tilagimda.
Bohavo dillaringdek bag`ri kengsan,
Elim dunyoda tenglar aro tengsan.

Sevinchlarim bugun osmon-osmon,
Keldi yurtim baxti kulgan zamon.
Noming keng olamga bo`ldi doston,
Kohna va navqiron – O`zbekiston! (x1+x1)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
O’zbekiston
Xonanda:
Laylo Alieva
Muallif:
Ibrohim Jiyanov
Bastakor:
Ruslan Sharipov
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
December 5, 2020