Lola Yuldasheva - Qaytmayman qo'shiq matni, lyrics

Lola

Qaytmayman

Mayli ket,
Ortingdan bormayman, to`xtatolmayman.
Mayli ket,
Balki unutolmam seni.

Seni deb
Mayli yig`lamayman, afsus qilmayman.
Endi kech,
Unutaman – qarorim meni.

Hatto bir bor qilmay qo`ng`iroq,
Sendan butkul bo`larman yiroq.
Unutolmay yonsam ham, biroq
Sog`inaman, qaytmayman ishon.

Balki o`sha damlarni kutib,
Qaytarolmay, dardlarim yutib,
Yig`lamsirab surating tutib,
Sog`inaman, qaytmayman ishon.

Qaytmayman ishon…
Endi qaytmayman ishon…

Kerakmas
Meni ovutganing, tinmasdan kutganing.
Bo`ldi bas,
Yetar yolg`onlaring endi.

O`ylama
Sevadi, qaytadi deya.
Qiynalaman,
Qaytmayman sevsam ham seni.

Hatto bir bor qilmay qo`ng`iroq,
Sendan butkul bo`larman yiroq.
Unutolmay yonsam ham, biroq
Sog`inaman, qaytmayman ishon.

Balki o`sha damlarni kutib,
Qaytarolmay, dardlarim yutib,
Yig`lamsirab surating tutib,
Sog`inaman, qaytmayman ishon.

Qaytmayman ishon…
Endi qaytmayman ishon…

Hatto bir bor qilmay qo`ng`iroq,
Sendan butkul bo`larman yiroq.
Unutolmay yonsam ham, biroq
Sog`inaman, qaytmayman ishon.

Balki o`sha damlarni kutib,
Qaytarolmay, dardlarim yutib,
Yig`lamsirab surating tutib,
Sog`inaman, qaytmayman ishon.

Qaytmayman ishon…

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Qaytmayman
Xonanda:
Lola
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 19, 2019