[Samandar Hamroqulov]
Qora ko’zima, jonima, jonajonim,
Jon birla teng yora qadrdonim.
O aylanoman, o yor-yora.
[Madina Mumtoz]
Sadqang bo’lsin honumonim, aylanaman,
Harki tanda, yora, shirin jonim.
O aylanoman, o yor-yora.
[Samandar Hamroqulov]
Yursang bog’da asta-asta,
Gullar yo’lda rasta-rasta.
O-o yora, yor-yora.
[Madina Mumtoz]
Senga tutgay dasta-dasta, aylanaman,
Bulbul bo’lib, yora, g’azal xonim.
O aylanoman, o yor-yora.
[Samandar Hamroqulov]
Rahm aylab et qalam qoshim,
Bo’ldi jayhun ko’zda yoshim,
O aylanoman.
[Madina Mumtoz]
Ko’kka yetgay g’arib boshim,
Bo’lsa netay, yora, mehribonim.
O aylanoman, o yor-yora.
[Samandar Hamroqulov]
Qay kun senga bo’ldim hamdam,
Xasta ko’nglim olding kam-kam.
O-o yora, yor-yora.
[Madina Mumtoz]
Ham o’zingga qilding mahram, aylanaman,
Shudir mening, voyey, sharaf-shonim. (x2)
O aylanoman, o yor-yora.
[Madina Mumtoz]
Oh yoray, voy jonay,
[Samandar Hamroqulov]
Oh yoray, nozli yoray,
[Madina Mumtoz]
Bu jonim sendin aylansin.
[Samandar Hamroqulov]
Oh yoray, nozli yoray,
Bu jonim sendin aylansun. {x2}
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- March 31, 2015