Orqovuldan kelyatudim anqayib,
Oldimdan bir ko’za chiqdi do’mpayib. (x2)
Ko’za ichin ko’ray desam enkayib,
Kulcha misol ko’lyor yotar yalpayib, o’-o’, o’-o’.
Tushda ko’rsang, ganj dedilar ilonni,
Hushda ko’rsang, yanch dedilar ilonni. (x2)
Rahmon aytar: o’ldir-sindir, ol jonin,
Shayton aytar: qo’rib yotar o’ljani, o’-o’, o’-o’.
Tiqim tiqib, loy suvadim ko’zaga,
Chiqdim chanqab kapa tutgan gazaga. (x2)
Cho’pon qimiz quyib-quyib kosaga,
Ketganmikan, ko’nglim ketdi bo’zaga, o’-o’, o’-o’.
Bo’za ichib, endi chiqsam kapadan,
Kadili bir opa o’tdi tepadan. (x2)
Ichim kuyib, suv so’rasam, xafami,
Tumshuq qilib, tushmadi tosh supadan, o’-o’, o’-o’.
Supasiga suyab qo’yib ko’zamni,
Kutsammikan, kelgunicha jezzamni? (x2)
Bo’za rosa qizdiruvdi mazamni,
Boz ustiga sindirdi u sazamni, o’-o’, o’-o’.
Kapangizning chiyi chappa opam bo’y,
Bir ganakni yopay chippa opam bo’y. (x2)
O’lcham to’la tilla, xo’ppa, opam bo’y,
Ilon chiqsa, bo’g’ay g’ippa, opam bo’y, o’-o’, o’-o’.
Ko’rsam, ko’lvor po’sti qolgan ekanmi,
Mingta mingak uya solgan ekanmi. (x2)
Chaqaverib chaqa qildi tanamni,
O’sha kuni ko’rdim katta enamni, o’-o’, o’-o’.
Orqovuldan kelyatudim anqayib,
Oldimdan bir ko’za chiqdi do’mpayib. (x2)
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- July 25, 2015