Bu dunyo bir mayxona,
Sog`lar undan begona.
Bir piyola ishq ichgin,
Yurak bo`ldi g`amxona. (x2)

Olisdagi osmonim-osmonim,
Yolg`izgina armonim-armonim,
Ishqingda gullay desam, ishqingda
Uchib borar xazonim. (x2)

Bu dunyo bir mayxona,
Sog`lar undan begona.
Bir piyola ishq ichgin,
Yurak bo`ldi g`amxona. (x2)

Tongda shamoling esdi, shamoling,
Yurak-bag`rimni ezdi xayoling.
Bu dunyo bir o`tkinchi, bu dunyo,
Mening jonimni kesdi. (x2)

Olisdagi osmonim-osmonim,
Yolg`izgina armonim-armonim,
Ishqingda gullay desam, ishqingda
Uchib borar xazonim.

Tongda shamoling esdi, shamoling,
Yurak-bag`rimni ezdi xayoling.
Bu dunyo bir o`tkinchi, bu dunyo,
Mening jonimni kesdi.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Mayxona
Xonanda:
Mahmud Namozov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 19, 2021