Mahmudjon Azimov - Adashmagin qo'shiq matni, lyrics

Mahmudjon Azimov

Adashmagin

Ozod yurtning burgutlari sor bo`ladi,
Sor burgutning qanotlari or bo`ladi,
Diyonatli yigitga baxt yor bo`ladi,
Adashganni kechiradi mening xalqim,
Adashganni kechiradi O`zbek xalqim.

Ko`zingni och, kattaroq och, g`ofil ukam,
G`ofillikdan qay bir murod hosil, ukam?
Odil yurtning sultoni ham odil, ukam,
Adashganni kechiradi mening xalqim,
Adashganni kechiradi O`zbek xalqim.
Adashganni kechiradi mening xalqim!

G`aflat bosib, kunday yorug` yo`ldan chiqma,
Oq sut bilan tanga kirgan tildan chiqma,
Yo`ldan chiqsang hamki ukam, eldan chiqma,
Adashganni kechiradi mening xalqim,
Adashganni kechiradi O`zbek xalqim.

Xatolaring anglamasang kech bo`ladi,
Kimki nomard – balolarga duch bo`ladi,
Yurtdan o`zga topilgan baxt puch bo`ladi,
Adashganni kechiradi mening xalqim,
Adashganni kechiradi O`zbek xalqim.
Adashganni kechiradi mening xalqim!

Sezib turib farzandining xatosini,
Yo`lga solsa kichigi-yu kattasini,
Hotamligin qara yurtning otasini,
Adashganni kechiradi mening xalqim,
Adashganni kechiradi O`zbek xalqim.

Shu insonga bolasiday qanot bo`lgin,
Istiqlolning yo`llarida madad bo`lgin,
Qaddingni tut, Vataningga quvvat bo`lgin,
Adashganni kechiradi mening xalqim,
Adashganni kechiradi O`zbek xalqim. {x2}

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Adashmagin
Xonanda:
Mahmudjon Azimov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 26, 2018