Mahmudjon Azimov - Kuydirma jonim qo'shiq matni, lyrics

Mahmudjon Azimov

Kuydirma jonim

Har kuni yo`lingni poyladim,
Tunlari visolingni o`yladim.
Samoning oy qizi yulduzlarga,
So`zladim vaslingni oy qizlarga.

Kechalar kutganim yolg`iz o`zing,
Bunchalar mastona jayron ko`zing.
Oromim o`g`irlab meni zor qilding,
Oh, meni hajringda Majnun qilding.

Oromim o`g`irlab meni zor qilding,
Oh, meni hajringda Majnun qilding.

Kuydurmajonim, qoshi kamonim,
Kuydurmajonim, so`zlari bolim. (x2)

Rashk o`ti yondirar yuragimni,
Aytolmay halakman tilagimni.
Baribir vaslingga bir kuni yetaman,
Ko`nmasang, ko`ndirib olib ketaman.

Baribir vaslingga bir kun yetaman,
Ko`nmasang, ko`ndirib olib ketaman.

Kuydurmajonim, qoshi kamonim,
Kuydurmajonim, so`zlari bolim. (x2)

Ko`zlaringni suzib, o`tli boqasan,
Kulib kuydirasan, o`tdek yoqasan.
Noz etma, arazlab ketib qolsam gar,
Mendayin yigitni qaydan topasan?

Noz etma, arazlab ketib qolsam gar,
Mendayin yigitni qaydan topasan?

Kuydurmajonim, qoshi kamonim,
Kuydurmajonim, so`zlari bolim. (x4)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Kuydirma jonim
Xonanda:
Mahmudjon Azimov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 27, 2018