Mahmudjon Azimov - Na bo'ldi qo'shiq matni, lyrics

Mahmudjon Azimov

Na bo’ldi

Bir so`rmading-ey, ey dilrabo, na bo`ldi,
Qilgan o`shal ahd-u vafo na bo`ldi?
Ko`zlaring ham no oshino, na bo`ldi, {x2}
Keting demay, ul mubtalo, na bo`ldi? {x2}

Erta-yu kech ishim, fikrim – xayoling,
O`zgalarning komidadur visoling.
Bir ko`rarg`a zordurman-ey jamoling, {x2}
Niqob ochmas bodi sabo, na bo`ldi? {x2}

Yetdi ko`kka shom-u sahar fig`onim,
Arz ayladim necha dardi niholim.
Hargiz eshitmading magar gumonim, {x2}
Qilmas asar qilgan duo, na bo`ldi? {x2}

Turib nogoh to`lgan oydek visoling,
Jon lahdini qilolmay ruxsoring,
Muqimiyingman ishqing bilan bemoring, {x2}
Bir boqmading baxri Xudo, na bo`ldi? {x2}

Na bo`ldi? Na bo`ldi?

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Na bo’ldi
Xonanda:
Mahmudjon Azimov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 31, 2018