Qishlog`imning bog`ida
Anor pishdi, yor-yor,
O`shal bog`bon yigitga
Ishqim tushdi, yor-yor.

Jaranglagan qo`lida
Tori bo`lsam, yor-yor.
O`shal bog`bon yigitning
Yori bo`lsam, yor-yor.

Jaranglagan qo`lida
Sozi bo`lsam, yor-yor.
O`shal bog`bon yigitning
Yori bo`lsam, yor-yor.

Beqasam to`n egnida
Jimirlaydi, yor-yor.
Har ko`rganda yuragim-ey
Jig`illaydi, yor-yor. (x2)

Jaranglagan qo`lida
Sozi bo`lsam, yor-yor.
O`shal bog`bon yigitning
Yori bo`lsam, yor-yor. (x2)

Yurtim ulug` to`yida-yey
Birga bo`lsak, yor-yor.
Davru-davronlar surib,
Shodon bo`lsak, yor-yor.

Jaranglagan qo`lida
Sozi bo`lsam, yor-yor.
O`shal bog`bon yigitning
Yori bo`lsam, yor-yor. (x2)

Yori bo`lsam, yor-yor,
Ho, yori bo`lsam, yor-yor.

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yor-yor
Xonanda:
Malika Egamberdiyeva
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 20, 2018