Mening dardim bilan
Sening qalbing bitta,
Qiynar hijron sog`inchi,
Ko`ngilda alam ovunchi.

Zulmatda qoldiku yurak,
Sensiz bu hayot ne kerak?
Gapir, kimsan jonim,
Tushmi yoki ertak?

Dema-dema, xo`p dema,
Gapim yolg`on dema.
Nahot, bu xiyonatingdan
Sindi ko`ngil?

Cheki-chekinaman, afsus qildim xato,
Borib-borib bo`lardi eng yomon jazo.
Chegara bor, chegara yo`q,
Tushunarsiz masofalar, o`rtada sarson yurak.
Bilmaysan, ko`rmaysan, sezmaysan nega, ayt?

Arzimaysan, jonim, ko`ngilda sevgi azobim,
Yig`lab ko`ngling ovutma, afsuslanma.
Arzimaysan, jonim, qolmadi senga savolim,
Dardim tinglab, azizam, afsuslanma.

Nafratdaman o`zimdan ham yomon,
Ko`zlarim seni izlaydi hamon.
Vaqtimiz bir zum ortga qaytsa,
Bo`lmasdi xato.

Yashayman suratingga qarab,
O`tadi yillar soniya sanab.
Taqdir zarbasida bo`larman
Devona-mashrab.

Dema-dema, xo`p dema,
Gapim yolg`on dema.
Nahot, bu xiyonatingdan
Sindi ko`ngil?

Cheki-chekinaman, afsus qildim xato,
Borib-borib bo`lardi eng yomon jazo.
Chegara bor, chegara yo`q,
Tushunarsiz masofalar, o`rtada sarson yurak.
Bilmaysan, ko`rmaysan, sezmaysan nega, ayt?

Arzimaysan, jonim, ko`ngilda sevgi azobim,
Yig`lab ko`ngling ovutma, afsuslanma.
Arzimaysan, jonim, qolmadi senga savolim,
Dardim tinglab, azizam, afsuslanma.

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Arzimaysan
Xonanda:
Janob Rasul, Mango guruhi
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 3, 2017