Men sevgan Guli, afsus menga parvo qilmadi,
Afsuski, o`sha paytlar cho`ntakda pul bo`lmadi.
Asalim Guli dedim, shakarim Guli dedim,
Nazariga ilmadi, meni pisand qilmadi.
Oradan vaqtlar o`tdi, u mendayin topmadi,
O`sha payt nega sevgimning qadriga yetmadi?
Sevishim bilardiku, gapirsam kulardiku,
Nega meni aldadi, sogindim kelmadi.
Sababini bilay, oh Guli,
Ko`nglini bilmadim, sababin bilmadim,
Eh Guli, Guli. (x2)
Tunlari uyqum kelmay, hamon uni o`ylardim,
O`zganing quchog`idaligin qaydan bilardim?
Bilganda sevarmidim, shunchalar kuyarmidim?
Nega meni aldadi, sevgimni bilmadi?
Qizlarning yaxshi-yomon, har xil makri bo`larkan,
Aldansa yigit kishi, chidolmasdan sinarkan.
Yuzida niqob ekan, ustimdan kulgan ekan,
Yig`lama, qo`y endi, vaqt qaytmaydi endi.
Sababini bilay, oh Guli,
Ko`nglini bilmadim, sababin bilmadim,
Eh Guli, Guli. (x2+x3)
Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- May 10, 2018