Manzura - Tasodif emas

Manzura

Tasodif emas

Asir etib, meni tutqun etib,
Qiynaydi sevgi hijroni.
Ayriliqdan o’tib va manzilga yetib,
Uchrataman seni, jonim.

Maxfiy nigohlar, so’zlashadi qalblar,
Tillarimiz esa ojiz.
Yonimdan hech ketmasang bas,
Bir zumga seni yo’qotgim kelmas.

Tasodif emas uchrashuvimiz,
Samoda yonar baxt yulduzimiz,
Taqdirim sensan, menman taqdiring,
Ertaging menman, menman ertaging. (x2)

Tasodif emas… (x2)

Tuyg’ular cheksiz, bilmas chegara,
Hech narsa emas to’siq.
Ko’zlarimga sen bir bora qara,
Armonda qolsin ayriliq.

Yonimdan hech ketmasang bas,
Bir zumga seni yo’qotgim kelmas.

Tasodif emas uchrashuvimiz,
Samoda yonar baxt yulduzimiz,
Taqdirim sensan, menman taqdiring,
Ertaging menman, menman ertaging. (x2)

Tasodif emas… (x3)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Tasodif emas
Xonanda:
Manzura
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
January 10, 2015