Afsuslar, o`tdi qancha behuda umrim,
Afsus va pushaymonga to`ldi bu ko`nglim.
Endi har nafasimda senga, ey Tangrim,
Tavbalar qildim…
Qolmadi bu sevgidan qalbimda quvonch,
Qolmadi bu dunyoda hech kimga ishonch.
Etma deb hech O`zingdan o`zgaga muhtoj, ey,
Tavbalar qildim.
Yorim uchun kerak ekan menmas, boyligim,
Mana bu kun qadri bo`lmay qoldi borligim.
Qara, mana yana senga tavbalar qildim, ou,
Tavbalar qildim.
Uning uchun etgan edim jonimni fido,
Sevgan edim bo`lgunimcha borimdan judo.
Bugun yana hammasiga tavbalar qildim, ou,
Tavbalar qildim.
Men arzimas kim uchundir bo`libman ado,
Men Senimas, uni suyib qilibman xato,
Tangrim, meni kechir tavbalar qildim, ou,
Tavbalar qildim.
Yorim uchun kerak ekan menmas, boyligim,
Mana bu kun qadri bo`lmay qoldi borligim.
Qara, mana yana senga tavbalar qildim, ou,
Tavbalar qildim.
Uning uchun etgan edim jonimni fido,
Sevgan edim bo`lgunimcha borimdan judo.
Bugun yana hammasiga tavbalar qildim, ou,
Tavbalar qildim.
Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- January 9, 2018