Bu go`zal hayotning
Qiziq damlari ko`p, damlari ko`p.
Inson boshida har xil
G`amlari ko`p, g`amlari ko`p.

Tangrim, men tanlagan yo`limdan adashtirma,
Yaxshiga yor qil, yomonga yondoshtirma.
O`zing guvohsan, yonimda do`stimdan ko`ra
Dushmanlarim ko`p, dushmanlarim ko`p.

Iztiroblar boshda yomg`ir bo`lganda,
Pardek yengil gap ham og`ir bo`lganda.
Mevani daraxtdan uzolmas qo`llarim,
Soyam o`zimga begona bo`lganda. (x2)

Atrofimga to`lib ketsa yolg`onchilar,
Sinishimni poylab yurgan poyloqchilar.
Oshimni yeb to`yib, tovog`imga tupurib,
Uyalmasdan deydi: zotimiz falonchilar. (x2)

Bandam degil yo Rab, yo`limdan adashtirma,
Yaxshiga yor qil, yomonga yondoshtirma.
O`zing kechirgil, bo`ynimda savobdan ko`ra
Gunohlarim ko`p, gunohlarim ko`p.

Bizdan oldin ham, hozir ham, keyin ham
Bunday xatolarni ko`rgandir olam.
Behuda yashashdan tiyaylik o`zni,
Odam bo`lib keldik, bo`laylik odam.

Tangrim, hech bandani yo`lidan adashtirma,
Yaxshiga yor qil, yomonga yondoshtirma.
O`zing yaratding, bu besh kunlik dunyo,
Sinovlari ko`p, sinovlari ko`p.

Ushbu qo`shiq matni uchun Karimov Davlatyor (@mrgeograph)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Hayot
Xonanda:
Mashhurbek Yuldashev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 30, 2019