Yoshligimizni eslatib,
Yodimga tushding muhabbat,
Beboshligimizni eslatib,
Yodimga tushding muhabbat.
San go’zalsan, sandan o’zga, ko’rinmasdi birov ko’zga,
Shu dard birlan ming yil yondim man.
Ko’zginangda ko’zim qoldi, aytolmagan so’zim qoldi,
Shu dard birlan ming yil yondim man.
Birinchi muhabbatim, birinchi aytgan gapim,
Kechagidek yodimdadirsan.
Birinchi muhabbatim, birinchi aytgan gapim,
Hozirgidek qalbimdadirsan.
Yurak qaqshar sensizlikdan, qo’llar titrar yolg’izlikdan,
Ayrilganim bilmay qoldim man.
Bag’rim juda ezildi bugun, qadring yomon sezildi bugun,
Ayrilganim sezmay qoldim man.
Yoshligimizni eslatib,
Yodimga tushding muhabbat,
Beboshligimizni eslatib,
Yodimga tushding muhabbat.
Birinchi muhabbatim, birinchi aytgan gapim,
Kechagidek yodimdadirsan.
Birinchi muhabbatim, birinchi aytgan gapim,
Hozirgidek qalbimdadirsan. (x2)
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- March 20, 2015