Mavluda Asalxo'jayeva - Bolam, onang qariyapti qo'shiq matni, lyrics

Mavluda Asalxo'jayeva

Bolam, onang qariyapti

Bolam, onang qariyapti,
Xushyor bo`lgin, ogoh bo`l.
Sal shabboda qaddin egar,
Tirgak bo`lgin, panoh bo`l.

Tomirlari bo`rtgan qo`llar,
Qo`sh uzuklar yarashmas.
Ko`kdagi oy aslo, aslo bolam,
Endi chiroy talashmas.

O`ylamaki: “hayot mangu,
Onam ming yil yashaydi”.
Bu dunyoda har ne zotdan, oh,
Ona mo`rtga o`xshaydi.
Bolam, onang qariyapti…

Bir mehringdan yashnab ketar,
Chaman bog`lar hech gap emas.
Bir qahringdan qulab tushar,
Tog`u-toshlar hech gap emas.

Senga ertak ayta-ayta, oh,
Ertaklarga aylanar.
Bir kun u ham onasiday, oh-oh,
Maysalarga boylanar.
Bolam, onang qariyapti…

Unda sening alamlaring,
Yegan oshing, noningdir.
Onang tirik yursa agar, jon bolam,
Shavkatu-shoning, molingdir.

Bolam, onang qariyapti,
Ogoh bo`lgin, xushyor tur.
Yuzga kirar, balki ikki yuz,
Ayriliqqa tayyor tur. {x2}

Bolam, onang qariyapti…

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Bolam, onang qariyapti
Xonanda:
Mavluda Asalxo'jayeva
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
July 12, 2019