Qalam qoshlaring kuydiradi,
Yurak-bag`rimni yondiradi.
Seni bir kun ko`rmasam, jonim,
Meni bu dard ado qiladi.
Olaqol, yuragim bir senga,
Yonimda bo`lishing baxt menga,
Qo`shma dard faqat dardimga,
Sevishim kirarmi aybimga?
Olov-olov-olov, yor olov,
Yurak-bag`rim meni tirnar-o.
Yurakda yondi, aqlimni oldi,
Nahot, shu bo`lsa bu sevgi? (x2)
Hamma sevishganlar bizga havas qilishar,
Qilmaylik, jonim, araz.
Kelaqol qilmasdan meni ado,
Sensiz yasholmasman bir nafas.
Olaqol, yuragim bir senga,
Yonimda bo`lishing baxt menga,
Qo`shma dard faqat dardimga,
Sevishim kirarmi aybimga?
Olov-olov-olov, yor olov,
Yurak-bag`rim meni tirnar-o.
Yurakda yondi, aqlimni oldi,
Nahot, shu bo`lsa bu sevgi? (x2+x2)
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- August 31, 2015