Yana seni o`ylashdan boshqa hech bir g`am
Topmadim, ishon.
Yo`llaringni poylashdan dardimga malham
Topmadim, ishon.
Qaramadim o`zgaga, sadoqatim
Qalbimda saqladim, ishon.
Faqat sening ko`zlaringni, jonim,
Ko`rmoqni xohladim, ishon.
Qancha oy sani kutay yana?
Dardlar-u alam yutay yana?
Men dunyoning eng buyuk
Oshig`i bo`lib qolaman,
Yurak-bag`ri eng kuyuk
Oshig`i bo`lib qolaman.
Fahod, Shirin, Layli-yu Majnun
Misoli dardni tuydim, ammo
Kelmasang, men ham
Guldek so`lib qolaman. (x2)
Yana seni kutmoqdan boshqa hech bir g`am
Topmadim, ishon.
Seni sog`inishdan o`zga hech tashvish
Topmadim, ishon.
Na darak berding, na bir xabar,
Qalbimda bo`lmadi gumon.
O`sha-o`sha senga ishongan bu
Yuragim azoblarga nishon.
Qancha oy sani kutay yana?
Dardlar-u alam yutay yana?
Men dunyoning eng buyuk
Oshig`i bo`lib qolaman,
Yurak-bag`ri eng kuyuk
Oshig`i bo`lib qolaman.
Fahod, Shirin, Layli-yu Majnun
Misoli dardni tuydim, ammo
Kelmasang, men ham
Guldek so`lib qolaman. (x2)
Kelmasang, men ham
Guldek so`lib qolaman. (x2)
Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- December 12, 2017