Muhabbat Shamayeva - Gul qadriga qo'shiq matni, lyrics

Muhabbat Shamayeva

Gul qadriga

Sevgi yo`li mushkul derlar, tonmasman,
Qalbim aytar so`zdan aslo qonmasman.
Ma’zur tutgil va kechirgil, ey yigit,
Menga tutgan guldastangni olmasman.

Ma’zur tutgil va kechirgil, ey yigit,
Menga tutgan guldastangni olmasman.

Ishq yo`lida adashibsan, shoshibsan,
Mag`rur bo`lib, o`z haddingdan oshibsan. (x2)
Ko`ngilnimas gulni qo`yib o`rtaga,
Niyatingni juda erta ochibsan. (x2)

O`ylamasdan chamanzorga kiribsan,
Ko`zing yonib, sara gullar teribsan,
Gul qadriga yeta olmay, nogahon
Gulni uzib, unga ozor beribsan.

Gul qadriga yeta olmay, nogahon
Gulni uzib, unga ozor beribsan.

Agar sening ko`ngling bo`lsa, birodar,
Oh, bunchalar gulni etma bezovta. (x2)
Qizlar ko`ngli gullardan ham nozikdir,
Avval toblan sevgi yoqqan olovda. (x2)

Avval toblan sevgi yoqqan olovda…

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Gul qadriga
Xonanda:
Muhabbat Shamayeva
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 27, 2018