Ajab bir nozanin, qaddi rasoniya mubtalosiman, {x2}
Chekib hajru firoqing, dard-u g`amlar oshnosiman. {x2}

O`shal oromijon qo`ysa qadam kulbam sari bir yo`l, {x2}
Kechib jonu-jahondin, ikki olam mosuvosiman.

Bilarmu yoki bilmas man g`arib totgan azobimni?
Kechadin to sahar bulbulsifat sargardosiman.

Nadomatlar chekarman tojdorim vasliga yetmay, {x2}
Agar yetsam visoliga, qilay jonim fidosi man. {x2}

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Qalandar
Xonanda:
Muhammadjon Karimov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 23, 2018