Munisa Rizayeva - Bir imkon qo'shiq matni, lyrics

Munisa Rizayeva

Bir imkon

Yana umidvor, qilaman izhor
Dildagi tuyg`ularimni-yey.
Etmagin inkor, senda ko`nglim bor,
Yashirib kulgularingni-yey.

O`z me’yorida va sekin-asta
Aylansin bu koinot.
Bu xayol senda, holatim xasta,
Sensiz yozolmay qanot.

O`z me’yorida va sekin-asta
Aylansin bu koinot.
Sevaman men umrbod,
Sevaman men umrbod!

Bir imkon bergin xolos,
Tuyg`ularim rost,
Bu darddan meni etgin halos.
Bir imkon bergin xolos,
Tuyg`ularim rost,
Bu darddan meni et halos.

Gapirgin hayot, bormikin najot
Qo`llaringdan tutmoqlikni?
Bermagin ozor, nasib ayla yor,
Sog`inib seni kutmoqlikni.

O`z me’yorida va sekin-asta
Aylansin bu koinot.
Bu xayol senda, holatim xasta,
Sensiz yozolmay qanot.

O`z me’yorida va sekin-asta
Aylansin bu koinot.
Sevaman men umrbod,
Sevaman men umrbod!

Bir imkon bergin xolos,
Tuyg`ularim rost,
Bu darddan meni etgin halos.
Bir imkon bergin xolos,
Tuyg`ularim rost,
Bu darddan meni et halos.

Umidvorman, hali ham umidvorman,
Umidim so`nmagan, mehringga zorman.
Xanjar ila tilka-pora yuragim,
Telba dardimga bir o`zingsan keragim.

Begona etma endi mani, so`zlarim rost axir,
Devona bo`ldim har kun mani, zarba berdi taqdir.
Bilsang edi, qanchalar qiynar hijron,
Iltimos, yo`q demagin, bergin bir imkon.

(Ber bir-bir imkon… {x3})

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Bir imkon
Xonanda:
Munisa Rizayeva
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
September 14, 2018