Munisa Rizayeva – Bir nima de qo'shiq matni, lyrics

Munisa Rizayeva

Bir nima de

So`zlagani meni sira qo`ymaydi,
Bo`ldi dema, deya-deya tinmaydi.
Qanaqa yana bahonalar o`ylaydi?
Meni aldaydi, meni aldaydi.

Gap desa, gapirgani qo`ymaydi,
Nega-nega menga ishonmaydi?
Balki endi bora-bora ko`nmaydi,
Meni sevmaydi, meni aldaydi.

Dilni yaralama, yaralama,
Yana-yana yaralama,
Bo`ldi bas, bularning chegarasi bormi?
Yaralama, yaralama, yana-yana yaralama,
Bo`ldi bas, bularning chegarasi bormi?

Sog`inaman, sog`inaman, sog`inaman de,
Kechalari ko`chalarda ovunaman de,
Ora-chora, bora-bora og`rinaman de,
Bir nima de, e, bir nima de! (x2)

Bas, yana bu shartlaring uydirma,
Safsatalaringga ishontirma.
Bo`ldi-da yetar, meni kuydirma,
Meni yondirma, meni yondirma.

Kunda nega bir xabar olmaysan?
Nega mani qadrimni bilmaysan?
Balki sevaman, deya aldaysan?
Meni aldaysan, nega aldaysan?

Dilni yaralama, yaralama,
Yana-yana yaralama,
Bo`ldi bas, bularning chegarasi bormi?
Yaralama, yaralama, yana-yana yaralama,
Bo`ldi bas, bularning chegarasi bormi?

Sog`inaman, sog`inaman, sog`inaman de,
Kechalari ko`chalarda ovunaman de,
Ora-chora, bora-bora og`rinaman de,
Bir nima de, e, bir nima de! (x2+x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Bir nima de
Xonanda:
Munisa Rizayeva
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
August 16, 2019