Munisa Rizayeva - Ketgin yiroqlarga qo'shiq matni, lyrics

Munisa Rizayeva

Ketgin yiroqlarga

Sevgi ham o`tdi, nafrat ham o`tdi,
Qolmadi tuyg`u.
Ishonch qolmadi, so`zlar qolmadi,
Bormidi orzu?

Sen yiroqlarga, o`tinaman, ketgin
Mendan yiroqlarga,
Ko`zlarim ko`rmasin seni.
Sen uzoqlarga, o`tinaman, ketgin
Mendan uzoqlarga,
Seni men sevmayman endi.

Unutdim seni, yolg`onlaringni,
Bas yetar, ketgin.
Uzdim yurakdan, xayollarimdan,
Sevmayman seni.

Sen yiroqlarga, o`tinaman, ketgin
Mendan yiroqlarga,
Ko`zlarim ko`rmasin seni.
Sen uzoqlarga, o`tinaman, ketgin
Mendan uzoqlarga,
Seni men sevmayman endi. (x1+x1)

Sevgi, sevgi, sevgi, sevgi, sevgi…
Nafratlanaman…
Qolmadi… ishonch qolmadi…
So`zlar qolmadi…

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ketgin yiroqlarga
Xonanda:
Munisa Rizayeva
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
November 20, 2018