Soyayedurmenki boqmas, oftobim kim desun?
Bora-bora ketdi qadrim, intixobim kim desun?
Bir o`qutmaydur bitib bergan kitobim kim desun? {x2}
Ul tag`oful peshaga holi xarobim kim desun?
Hajrida mundog` meni ko`rgan azobim kim desun? {x2}

Oshnosidin kechib begonalarga yor, yor,
Bu alamlarga chidolmay, ko`zda yoshim shashqator,
Hech dushman bo`lmasun ko`yida mendek xoru zor. {x2}
Kunduzi bir yerda bir dam olmay oromu qaror,
Lahzaye yo`q kechalar ko`zlarda xobim kim desun. {x2}

Ko`rmadimkim, bo`lmasa boshida mushkul har kishi,
Qadri ranji xor bu bog`din uzar gul har kishi.
Teshani chonqay o`ziga, rasmdur shul, har kishi,
O`z ko`mochig`a, masalkim, tortadur kul har kishi,
Bas kuyib ishqida chekkan iztirobim kim desun?

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Kim desun
Xonanda:
Munojot Yo'lchieva
Muallif:
Muqimiy
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
December 5, 2018