Bir nafasda urardi yuraklarimiz,
Bir tan-u jon bo`lgandi bilsam ikkimiz.
Sen qaylardasan, sen qaylardasan,
Men qaylardaman, yorim?

Birga bo`lsak omon edi qalblarimiz,
Endi bemorlikda ayro telbalarmiz.
Sen qaylardasan, sen qaylardasan,
Men qaylardaman, yorim?

Omon yorim, qayda qolding-ey?
Yurakka qayg`ular solding-ey.
Qayerlardasan, qayerlardasan,
Qayerlardaman, yorim.

Omon yorim, qayda qolding-ey?
Yurakka qayg`ular solding-ey.
Qayerlardasan, qayerlardasan,
Men qaylardaman, yorim.

Narxi arzon, arzon narsalar bilan jazolaverasanmu,
Qayerlardasan, sen qaylardasan, yorim?
Ko`ngil xazon, xazon bo`ldi-yu,
Qochdim hamma narsalardan-o,
Qayerlardaman, men qaylardaman, yorim?

Omon yorim, qayda qolding-ey?
Yurakka qayg`ular solding-ey.
Qayerlardasan, qayerlardasan,
Qayerlardaman, yorim, hey… (x2)

Yana yo`qsan, sog`inchlar bilan urasan,
Birgina ovun tushga kirib turasan.
G`amgin, xomush, qalbida bir yumush, hey,
Mana senga o`sha turmush!

Undan ko`ra yaxshi so`zlarni aytishib,
Bir-birimiz davolay boshlaymiz.
Sog`inchlarni birga uchrashtirib-ey,
Hammadan uchib ketamiz!

Omon yorim, qayda qolding-ey?
Yurakka qayg`ular solding-ey.
Qayerlardasan, qayerlardasan,
Qayerlardaman, yorim.

Omon yorim, qayda qolding-ey?
Yurakka qayg`ular solding-ey.
Qayerlardasan, qayerlardasan,
Men qaylardaman, yorim.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Omon
Xonanda:
Mushtariy
Muallif:
Sayyod Media
Bastakor:
Sayyod Media
Klipmeyker:
Baxtiyor Safarov
Albom:
Yubordi:
Sana:
June 16, 2021