Tinchim tamom bo’ldi, orom yo’q tanda,
Lablarimda qotdi shodlik va xanda,
Shundan buyon oyoq-qo’lim kishanda,
Qaydanam oh, seni ko’rdim o’shanda?

Men qattiq sevibman, qattiq suyibman,
Boshimni zo’r ishga berib qo’yibman. (x2)

Har lahza tegrangda parvonaman, bil,
Izma-iz yuraman, devonaman, bil,
Poyingda hokisorman, ostonaman, bil,
Hasrating tuganmas, so’zonaman, bil.

G’am yukin yurakda shuncha o’yibman,
Boshimni zo’r ishga berib qo’yibman. (x2)

Dil olgan qora soch, qora qoshlaring,
Ko’zimni ko’r qilgan ko’z qarashlaring.
Rashk o’tin yoqarlar do’st, sirdoshlaring,
Ko’nglimga urilur ta’na toshlaring.

Ne yomonlik kelsa, yaxshiga yo’yibman,
Boshimni zo’r ishga berib qo’yibman. (x2)

Qancha alam o’tdi, chidadim rosa,
Necha g’animlarla aylab murosa.
Sendan kecholmadim, palagi toza,
Yana seni dedim, ko’nglimni eza.
Mehrsizlik aro cho’kdim, voy men,
Boshimni zo’r ishga berib qo’yibman.

Umrim ketsin seni so’rab, so’roqlab,
Tashlab ketma endi yuragim bog’lab.
Mayliga bag’riqon sen dog’lab, dog’lab,
Bir vafo qil, so’ngra o’ldir qiynoqlab.

Men oshiq jonimdan bugun to’yibman,
Boshimni zo’r ishga berib qo’yibman. (x2)

Tinchim tamom bo’ldi, orom yo’q tanda,
Lablarimda qotdi shodlik va xanda,
Shundan buyon oyoq-qo’lim kishanda,
Qaydanam oh, seni ko’rdim o’shanda?

Men qattiq sevibman, qattiq suyibman,
Boshimni zo’r ishga berib qo’yibman. (x2)
Jonim, boshimni zo’r ishga berib qo’yibman…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Armonim
Xonanda:
Nargiza Azimova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Shahnoza (@shahnoz_art)
Sana:
December 5, 2021