Nargiza Azimova - Yorim qani qo'shiq matni, lyrics

Nargiza Azimova

Yorim qani

Sayri sohil aro sado bo’ldi dil,
Bir nigoh o’tida ado bo’ldi dil.
Ko’zimning tuganmas yomg’irlarida
Yig’ilib, yig’ilib daryo bo’ldi dil,
Daryo bo’ldi dil…

Qani, qani, yorim qani?
Dili darmonim qani?
Yonimga bir kelmasa,
Bo’lar armonim mani. (x2)
Bo’lar armonim mani.

Mayli, rohat emas, azob ber, samo,
Mani ishqim yo’lin aslo to’smagin.
Bariga chidayman, chidayman, ammo
Umidim gulini aslo uzmagin.

Devonaman agar yorni ko’rmasam,
Visoli men uchun shirin bir orzu.
Sabolar yetkazing, sirim bilmasin,
Javobsiz sevgining uvoli borku,
Uvoli borku.

Qani, qani, yorim qani?
Dili darmonim qani?
Yonimga bir kelmasa,
Bo’lar armonim mani. (x2)
Bo’lar armonim mani.

Qani, qani, yorim qani?
Dili darmonim qani?
Yonimga bir kelmasa,
Bo’lar armonim mani. (x3)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yorim qani
Xonanda:
Nargiza Azimova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
December 14, 2021