Nasiba Abdullayeva - Ado bo'ldim qo'shiq matni, lyrics

Nasiba Abdullaeva

Ado bo’ldim

Qizil gul tagida tursam,
Tikoni sanchilib ketdi.
Bo`yingdan o`rgilay, yorim,
Sening qadring yomon o`tdi.

Qibladan kelgan shamol
Gul shoxini qayirdimu?
O`rtadan chiqqan g`anim
Suygonidan ayirdimu?

O`rtadan chiqqan g`anim
Suygonidan ayirdimu?

Yordan ayrilgan yomon,
Zordan ayrilgan yomon,
Ishq o`ti qolsa dilingda,
Do`zax o`tidan yomon.

Ishq o`ti qolsa dilingda,
Do`zax o`tidan yomon.

Ado bo`ldim, ado bo`ldim,
Ado bo`lganga yig`larman.

Qaldirg`och qaro ekan,
Qanotidan qayrilmasin.
Har kishi o`z davrida
Suygonidan ayrilmasin.

Qoshginamning qorasi,
Kiprikka tushdi soyasi,
Menga bir yor uchradi –
Ikki jahon ovorasi.

Menga bir yor uchradi –
Ikki jahon ovorasi.

Yordan ayrilgan yomon,
Zordan ayrilgan yomon,
Ishq o`ti qolsa dilingda,
Do`zax o`tidan yomon.

Ishq o`ti qolsa dilingda,
Do`zax o`tidan yomon.

Yordan ayrilgan yomon,
Zordan ayrilgan yomon,
Ishq o`ti qolsa dilingda,
Do`zax o`tidan yomon.

Ishq o`ti qolsa dilingda,
Do`zax o`tidan yomon.

Ado bo`ldim, ado bo`ldim,
Ado bo`lganga yig`larman.

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ado bo’ldim
Xonanda:
Nasiba Abdullaeva
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
January 21, 2019