Nasiba Abdullayeva - Qaldirg'och qo'shiq matni, lyrics

Nasiba Abdullaeva

Qaldirg’och

Orzularim qanotida
Olib ketgan qaldirg`och,
Yor uyiga mendan oldin
Borib yetgan qaldirg`och. (x2)

Yor uyiga eltar ko`cha
Buncha ham toshli-toshli?
Bo`lma hayron, bo`lsa
Ko`zim qarosi yoshli-yoshli.

Yolg`iz senga aytay bu kun
Dardlarim, armonlarim.
Qolmadi hech dilda sabrim,
Qolmadi darmonlarim.

Orzularim qanotida
Olib ketgan qaldirg`och,
Yor uyiga mendan oldin
Borib yetgan qaldirg`och. (x2)

Buncha jafo, buncha jazo,
Bo`lsa hamki jon fido.
Aylab savdoyi, muhabbat
Shevasin aylay ado.

Yolg`iz senga aytay bu kun
Dardlarim, armonlarim.
Qolmadi hech dilda sabrim,
Qolmadi darmonlarim.

Yona-yona ishqim uyi,
Ko`kka uchdi ohlarim.
Kunduzi oftob bilan,
Oqshomda oy guvohlarim.

Orzularim qanotida
Olib ketgan qaldirg`och,
Yor uyiga mendan oldin
Borib yetgan qaldirg`och. (x4)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Qaldirg’och
Xonanda:
Nasiba Abdullaeva
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
July 22, 2018