Sunbula-yu, sunbula,
O`rab olay gul bilan. (x2)
Mening ko`nglim sen bilan, voy,
Sen ketasan kim bilan?
Qadamingga gullar ochilsin. (x2)

Men bu yerda o`t yoqsam,
Farg`onada tutuni. (x2)
Bu dunyoda bormikan-o
Yurak-bag`ri butuni?
Qadamingga gullar ochilsin. (x2)

Bu dunyoda bor bo`lsa
Yurak-bag`ri butuni, (x2)
Qog`ozdan o`choq yasab, voy,
Guldan qilay o`tini.
Qadamingga gullar ochilsin.

Bu dunyoda bormikan-o
Yurak-bag`ri butuni?
Qadamingga gullar ochilsin.

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Sunbula
Xonanda:
Nasiba Abdullaeva
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
June 11, 2018