Zar beshikka quyosh belandi,
Shoshma – deb oy tongga elandi,
Tunu kunlar shunday ulandi,
Oqayotir yillar anhori,
Qaytarmikan umr bahori? (x2)

Sochimizga qirovlar indi,
Baxt otiga birovlar mindi,
Dilda bo’lay so’rovlar tindi,
Qulamasdan hayot chinori,
Qaytarmikan umr bahori?

Bahor, bahor, umr bahori,
Orzularim, umid nahori.
Bahor, bahor, umr bahori,
Qaytarmikan umr bahori? (x2)

To’lmay turib yuraklar muzga,
Uzrimiz bor munisa ko’zga,
Aytarmi do’st bir rozin bizga,
O’rtamizda turur devori,
Qaytarmikan umr bahori?

Ko’ngil hanuz mehr so’raydi,
Sog’inchiga gullar o’raydi,
Muhabbatim deb yo’l qaraydi,
Boburning ham tutib xumori,
Qaytarmikan umr bahori?

Bahor, bahor, umr bahori,
Orzularim, umid nahori.
Bahor, bahor, umr bahori,
Qaytarmikan umr bahori? (x3)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Umr bahori
Xonanda:
Nasiba Abdullaeva
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
September 2, 2013