Nasiba Sattorova - Suratingdan o'rgilayin qo'shiq matni, lyrics

Nasiba Sattorova

Suratingdan o’rgilayin

O`zingga voalaman-u, suratingdan o`rgilayin, {x2}
Tabassumingda shirin ne’matingdan o`rgilayin. {x2}

Ko`zim qarochig`iga ko`zlaringni sim tortib,
Dilimga nur yuborur hikmatingdan o`rgulayin.

So`zing eshitdi dilim gulshani aro bulbul,
Dedimki, rohati jon suhbatingdan o`rgulayin.

Falak kelinchagi ko`ksungda yulduzingni ko`rub,
Havas qilib dedi: bu ziynatingdan o`rgulayin.

Jahonda sencha chiroylikni ko`rmadi tarix,
Yuzingga sadqa bo`lub, qomatingdan o`rgulayin.

Ko`zumga bir qarading, nozmidi, hayomidi ul?
Uyolding aslida, bu iffatingdan o`rgulayin.

Hamisha Chustiy dili sen bilan yurar kulushib,
Yuzing haqqi, bu shirin ulfatingdan o`rgulayin. (x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Suratingdan o’rgilayin
Xonanda:
Nasiba Sattorova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
June 16, 2018