Nasimbek Oshiq - Zor qilamanda qo'shiq matni, lyrics

Nasimbek Oshiq

Zor qilaman-da

Senga bergan edim boru-yo`g`imni,
Kerak bo`lsa olgin edi jonimni.
Menga bergan va’dang yolg`onmidi, ayt,
Nega qaytarasan sovchilarimni?

Amma, xolang meni satang deganmish,
Ko`cha-ko`yda birov haqqin yeyarmish.
Hatto chumoliga bermayman ozor,
Eshit, senga aytar dil so`zlarim bor.

Senga o`xshaganlardan or qilamanda,
Qarashimga bir kun zor qilamanda.
Mening qadrim bilmay yurganing uchun,
Sendan go`zal qizni yor qilamanda.

Onam sovchi bo`lib yig`lab qaytdida,
Ichida hasrati, kulib aytdida,
Otasi bir yonda, onasi kulib,
Qizim o`g`lingiz bilan hazillashkanda.

Sovchi bo`lib borish hazil bo`ldimi?
Onam ota-onangga kulgi bo`ldimi?
Zor qilar bir kuni onam to`kkan yosh,
Gaplashamiz hali omon bo`lsa bosh.

Senga o`xshaganlardan or qilamanda,
Qarashimga bir kun zor qilamanda.
Mening qadrim bilmay yurganing uchun,
Sendan go`zal qizni yor qilamanda. (x2)

Bugun baxtli kunim, to`yimga keling,
Seplari tillodan kelinni ko`ring.
To`yimni eshitib hanuz kularmush,
Qizi 30 dan o`tdi hali tanlarmush.

Senga o`xshaganlardan or qilamanda,
Qarashimga bir kun zor qilamanda.
Mening qadrim bilmay yurganing uchun,
Sendan go`zal qizni yor qilamanda… (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Zor qilaman-da
Xonanda:
Nasimbek Oshiq
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
@RashidBekJon
Sana:
April 16, 2021