Nilufar Sultonova - Sevolmading qo'shiq matni, lyrics

Nilufar Sultonova

Sevolmading

Sevish qiyin ekan, sevib charchadim,
Baxtga yetmoq og`ir, yig`lab charchadim.
Qancha qilay sabr, kulib charchadim,
Alvido, alvido, bevafo yor.

Kunlar sanab, mehring kutib charchadim,
Yolg`onlaring sezib, ishonmay charchadim.
Muhabbating sovuq, muzlab charchadim,
Alvido, alvido, bevafo yor.

Sevolmading, sevolmading, sevolmading,
Men seni sog`inganim bilolmading.
Ayt, kimdan mehr kutay,
Yuragimni kimga ochay,
Bilolmading, sevolmading. (x2)

Orzu qilib baxtni, afsus yetmadim,
Sevmasliging bilib, nega ketmadim?
Dardim ichga yutib, senga aytmadim,
Alvido, alvido, bevafo yor.

Sog`indim, deb bir kun menga aytasan,
Zulmat qoplab tanang, ortga qaytasan.
Sevish qiyinligin boshqaga aytasan,
Alvido, alvido, bevafo yor.

Sevolmading, sevolmading, sevolmading,
Men seni sog`inganim bilolmading.
Ayt, kimdan mehr kutay,
Yuragimni kimga ochay,
Bilolmading, sevolmading. (x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Layla Rolaga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Sevolmading
Xonanda:
Nilufar Sultonova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 27, 2019